Hakan Fidan: PKK ham DEASh terror tashkilotidek Suriyani tark etadi
TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Hakan Fidan: PKK ham DEASh terror tashkilotidek Suriyani tark etadiHakan Fidan Suriyaning markaziy hokimiyati roziligisiz amalga oshiriladigan har qanday qurol transferiga aslo ruxsat berilmasligini ta’kidladi.
27 апрел 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan DEASh terror tashkiloti Suriyadan qanday qilib chiqarilsa PKK terror tashkiloti ham xuddi shunday yo‘l orqali chiqarilishini ta’kidladi. Hakan Fidan, PKK terror tashkiloti yo tinchlik yo‘li bilan yoki boshqa yo‘llar orqali Suriyadan chiqarilishini ifoda etdi.

Hakan Fidan mavzu haqida bugun Qatar Bosh vaziri - Tashi Ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy bilan Dohada uyushtirgan matbuot anjumanida gapirdi.

Turkiyaning, Suriyaning hududiy yaxlitligini nishonga olgan yoki mustaqilligini zaiflashtiradigan hech qanday harakatni qabul qilmasligini yodga solgan Fidan, Suriyada markaziy hokimiyatdan tashqari qurol tashishga imkon beradigan hech qanday tashabbus qabul qilinmasligini ta'kidladi.

Fidan, Anqaraning, Suriyada tashkil etiladigan konstitutsiya va boshqaruv tizimi mamlakatning har bir fuqarosiga teng imkoniyat berishi istagida ekanini ifoda etdi va bu borada hozirdan boshlab ayrim shaxdam qadamlar tashlangani aytib o‘tdi.

Mamlakatdagi qiyin vaziyatga to‘xtalgan Fidan, Qatar va boshqa mintaqa davlatlari bilan olib borilgan muzokaralar rivojlanish, iqtisodiyot va sanksiyalar kabi sohalarda nimalar qilish mumkinligiga qaratilganini ta'kidladi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan, Turkiya, ayniqsa Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga ziyon yetkazishga urinyotganlar bosh bo‘lish bilan birga Suriyadagi vaziyatni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatmoqchi bo‘lgan guruhlarga qarshi turishni davom etishini takrorladi.

«YPG bilan Suriyadagi yetakchilik o‘rtasida o‘tgan oylarda imzolangan kelishuvning hayotga tatbiq etilishini kutyapmiz. Bu masala judayam muhimdir», - degan Fidan, shu bilan birga PKK terror tashkiloti chaqiriqqa tezda ijobiy javob berishi, qurollarni tashlashi va mintaqada oddiy hayot sharoitiga qaytish oldidagi to‘siq bo‘lishdan chiqishi kutilyotganini qayd etdi.

Hakan Fidan mintaqa uzoq yillardan beri urush, tartibsizlik, ishg‘ol, qon va ko‘z yoshlari bilan kurashib kelganini yodga solib, zamonaviy davrda bu muammolardan qutilib, farovonlik, xavfsizlik, hurmat va erkinlik asosida bir tizim barpo etish kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ikki tomonlama savdo

Turkiya va Qatar 2014 - yili tashkil etilgan strategik hamkorlik orqali oxirgi o‘n yil ichida aloqalarni kengaytirdi. Ikki davlat muntazam ravishda yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazib, turli sohalarda 100 dan ortiq kelishuvga imzo chekdi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy raisligida o‘tkaziladigan Oliy Strategik Qo‘mita oxirgi marta 2024 - yilning noyabr oyida Anqarada yig‘ilgan edi. Keyingi majlis joriy yil oxirida Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilishi kutilmoqda.

Anqara bilan Doha mintaqadagi, ayniqsa Falastin va Suriyadagi vaziyatlar oldida bir xil munosabat bildirib kelmoqda. Har ikki hukumat Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatishga chaqirib, ikki tomonlama kanallar va G‘azo Aloqa Guruhi kabi ko‘p tomonlama platformalar orqali hamkorlikni davom ettirmoqda.

Turkiya - Qatar ikki tomonlama savdo hajmi 2024 - yili 1 milliard AQSh dollaridan oshdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us