SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Putin Ukraina inqirozidan G‘arbni mas'ul deb topdi
Rossiya Davlat rahbari Xitoydagi ShHT sammitida "Evro - Atlantik" dunyo tizimi o‘z funksiyasini yo‘qotganini qayd etdi.
Putin Ukraina inqirozidan G‘arbni mas'ul deb topdi
бир кун олдин

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ukraina inqirozi 2014 - yili Kiyevda qayd etilgan va G‘arb davlatlarining gijgijlashi oqibatida sodir bo‘lgan «to‘ntarish» yuzasidan kelib chiqqanini ta’kidladi. U, shuningdek, G‘arbning Ukrainani NATO tarkibiga jalb qilishga urinishlari keskinlikni yanada kuchaytirganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Vladimir Putin, Xitoy shimolidagi Tyanszin port shahrida uyushtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 25 - sammitida: «Bu inqiroz Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumi orqali emas, balki Ukrainada Gʻarb tomonidan qoʻllab - quvvatlangan va qoʻzgʻatilgan davlat toʻntarishi natijasida yuzaga keldi. Keyinchalik taranglik kuchayib ketdi va bu kuch ishlatishga boʻlgan urinishlar oqibatida avj oldi», - dedi.

Kiyevda NATO tarkibiga kirishga qarshi chiqqan siyosiy rahbariyat 2014 - yili iste’foga chiqarilganiga e’tibor qaratgan Putin, Gʻarbning Ukrainani ittifoq tarkibiga olib kirishga qaratilgan sa’y - harakatlari Rossiya xavfsizligiga «toʻgʻridan - toʻgʻri tahdid» solganini ta’kidladi.

Moskvaning Ukraina inqiroziga «uzoq muddatli va barqaror» yechim izlayotganini ifoda etgan Putin, bu yechim inqirozning asl sabablarini qo‘lga olishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Rossiya lideri, shuningdek, ShHTni ko‘p qirrali haqiqiy munosabatlarni oʻrnatish uchun «kuchli dvigatel» sifatida taʼriflab; Shimoliy Amerika va Yevropa hukmronlik qilayotgan jahon tartibi modellari «oʻtmishda qolib ketganini» eʼlon qildi.

«Eskirgan yevrosentrik va yevroatlantika modellari o‘rnini bosuvchi, keng doiradagi mamlakatlar manfaatlarini hisobga oladigan tizim haqiqatda muvozanatli bo‘ladi va ba’zi davlatlar o‘z xavfsizligini boshqalar hisobiga ta’minlashga yo‘l qo‘ymaydi», - dedi u.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni bergan bayonotida: «Bu urushni istagan yagona tomon Rossiyadir. Shuning uchun biz bosimni davom ettiramiz», - degandi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us