TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Suriyaning yana rivoj topishiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi
Prezident Erdo‘g‘an Suriyadagi oxirgi vaziyat, Ukraina – Rossiya urushi va Falastin davlatining global miqyosda tan olinishi masalasini baholadi.
Erdo‘g‘an: Suriyaning yana rivoj topishiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi
3 сентябр 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya ham, Damashq ham Suriyada beqarorlik yaratish tashabbuslariga ko‘z yummasligini bildirgan holda urushdan vayron bo‘lgan mamlakatni qo‘llab - quvvatlashga va’da berdi. Erdo‘g‘an, «Betartiblikka sarmoya kiritgan sarkardalar bu gal yutqazadi», - dedi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etgan Prezident Erdo‘g‘an, Xitoyning Tyanzsin shahridan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi va unda «Suriyada arablar, kurdlar, turkmanlar, alaviylar, sunniylar va nasroniylarni boʻlishga intilayotganlar buning badalini toʻlaydi», - dedi.

«Suriyani yolgiz qo‘ymaymiz. Biz har doim ularning yonida bo‘lamiz. Xudo xohlasa, Suriyaning yana rivoj topishiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi», - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Pekin bilan bo‘lgan aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan sa2y - harakatlarini ham tavkidlagan holda Xitoy Turkiyaning mintaqaviy ahamiyati va ta’siridan xabardor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ukraina - Rossiya urushi faqatgina muloqot yo‘li orqali tugashi mumkin

Global mavzularga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an, Alyaskada bo‘lib o‘tadigan AQSh - Rossiya sammitini «oqilona» deb baholagan holda Ukrainadagi urush faqatgina tinchlikni ko‘zlagan muloqot yo‘li orqali tugashi mumkinligini ta’kidladi. Anqara har doim muzokaralar tarafdori ekaniga esa alohida e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, bugungacha Istanbulda uyushtirilgan uchrashuvlar tinchlik yo‘lining ochiq ekanini isbotlaganini ta’kidladi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan so‘nggi kelishuvga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an tinchlik, Zangazur yo‘lagi orqali mintaqadagi quruqlik va temir yo‘l tarmoqlarini faollashtirishi, chegara darvozalarini ochishi va ko‘plab sohalarga, ayniqsa savdoga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

«Bu jarayonga kim putur yetkazmoqchi bo‘lsa, mutlaqo badalini to‘laydi», - degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an, mintaqa xalqalari o‘rtasidagi ittifoqning ahamiyatini ta’kidladi.

Falastinning global miqyosda tan olinishi

Erdo‘g‘an shuningdek Falastin masalasiga ham to‘xtalib, bu mavzu BMT Bosh Assambleyasining bu oyda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida asosiy muhokama mavzusi bo‘lishi, ayniqsa ayrim Yevropa davlatlari Falastin davlatini tan olish yo‘lida shaxdam qadam tashlashini qayd etdi.

AQShning Falastin rasmiylariga nisbatan yo‘lga qo‘ygan viza cheklovlarini tanqid qilgan Erdo‘g‘an, Vashingtonni Isroil qatliomlari va zulmini to‘xtatishga chaqirdi.

«Asosiysi, Isroil qatliomlari hech qachon unutilmaydi. Insofli ota - onalar Falastinda go‘daklar, onalar va otalar qanday qatl qilinganini hech qachon unutmaydi», - dedi.

U, shuningdek, «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi global muammolarni muhokama qilish va yechim topish uchun mavjud. Bosh Assambleyada Falastin delegatsiyasining yo‘qligi faqatgina Isroilni xursand qiladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us