Turkiya oʻtgan 2024 - yilning 6 - sentabri kuni bosib olingan Gʻarbiy Sohilda uyushtirilgan namoyish paytida Isroil kuchlari tomonidan shahid boʻlgan turk fuqarosi Ayshenur Ezgi Eygi xotirasini yodga oldi.
Mamlakat Tashqi Ishlar vazirligi Ayshenur Ezgi Eygi vafotining birinchi yilligi munosabati bilan kecha bergan bayonotda, «Eygini rahmat va hurmat ila yodga olar ekanmiz, uning o‘ldirilishi xalqaro huquq va inson haqlarining ochiq - oydin paymoli ekanini yana bir bor qayd etmoqchimiz. Shunday ekan Isroil harakatlarini keskin qoralaymiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Unda shuningdek: «Begunoh tinch aholining o‘ldirilishini oddiy holatga aylantirgan bu hujum, xalqaro huquq va inson haqlari paymolining ochiq - oydin dalilidir. Turkiya Ayshenur hayotini nishonga olgan ushbu jinoyat, jazosiz qolmasligi uchun qat’iy harakatlarini davom ettiradi», - deyildi.
Isroilning noqonuniy aholi punktlariga qarshi norozilik namoyishlari
Turk – Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan 26 yoshli Eygi, o‘tgan 2024 - yilning 6 - sentabri kuni Nablus yaqinidagi Bayta shaharchasida Isroilning noqonuniy aholi punktlariga qarshi uyushtirilgan norozilik namoyishlari paytida Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirildi.
Videolavhalardagi dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra u Isroil snayperi tomonidan nishonga olingan bo‘lsa - da, Isroil harbiylarining dastlabki xulosalarida u katta ehtimol bilan bilvosita va tasodifan o‘qqa tutilgani iddao etilmoqda. Isroil kuchlari, shuningdek, namoyishchilarning tosh otishi ortidan o‘q uzilganini ilgari surmoqda.
Eygi xonimning oilasi, do‘stlari va guvohlar esa Isroilning bu bayonotini rad etib; uning o‘ldirilishini tinchgina namoyish uyushtirganlarni nishonga olgan va qasddan qo‘l urilgan hujum deb atadi. AQSh hukumatini esa mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi. Eng yomoni, bugungacha, hech kim javobgarchilikka tortilmadi.
Turkiya prokurorlari Eygi xonimning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov boshlatdi ammo 2025 - yilning 4 - sentabr holatiga ko‘ra tergov hali ham davom etmoqda.