Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Braziliyaning Rio - de - Janeyro shahrida uyushtirilgan BRICS sammiti doirasida Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Diplomatik manbalarga ko‘ra Hakan Fidan bilan Sergey Lavrov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy masalalar, hamda, energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Vazirlar mazkur uchrashuvda Isroilning mintaqada avj olgan hujumlari yuzasidan ortib borayotgan xavflar, G‘azodagi oxirgi vaziyatlar, Eronning yadroviy faoliyatlari va Afg‘onistondagi vaziyat kabi mintaqaviy mavzular ustidan ham fikr almashdi.
Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotiga ko‘ra Hakan Fidan dushanba kuni Braziliyada Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki kun davom etuvchi BRICS sammiti yakshanba kuni boshlandi va unda global xavfsizlik, boshqaruv islohotlari va Global Janubdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun rivojlanayotgan davlatlarning liderlari yig‘ildi.
Eslatib o‘tamiz oxirgi vaqtlarda BRICSga dunyoning bir necha davlati a’zo bo‘ldi. Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan davlatlar esa anchadan beri uning tarkibidadir.
Turkiya BRICSga a’zo bo‘lish uchun murojaat qildi va bu yilgi sammitda maxsus taklif bilan ishtirok etdi.