Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha otashkesim o‘z nihoyasiga yetgan joriy yilning mart oyidan beri G‘azoda 700 000 nafardan ortiq inson Isroilning davom etayotgan genotsidi va takrorlagan noqonuniy ko‘chirish talabi bilan o‘z uy - joyini tashlab, ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.
BMTning Matbuot xizmati kotibi Stefan Dyujarrik dushnaba kuni Nyu – Yorkda jurnalistlarga bergan bayonotida: «Kecha, Isroil rasmiylari ikki kun ichida ikkinchi marta Xon Yunusning ayrim qismlarini evakuatsiya qilish toʻgʻrisida buyruq berdi. Hamkasblarimiz evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan hududda 50 000 nafardan ortiq inson borligini taxmin qilmoqda», - dedi.
Unda shuningdek: «G‘azoda 700 000 nafardan ortiq inson o‘z uy – joyidan mahrum qilindi. Ko‘pchiligi manzilini birdan ko‘p marta almashtirishga majbur bo‘ldi va bundan buyon ularning bora turgan joylari ham yo‘q», - deya gapirdi.
Dyujarrik, shuningdek, dam olish kunlari bazi falastinliklar oziq - ovqat yordami olishga urinayotgan bir paytda o‘ldirilganini xabar qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yordamga muhtojlar yordam so‘rashi paytida tan jarohati olganlar va shifoxonalar ham xuddi shu insonlar bilan to‘lib toshgan.
«Barcha tinch aholining o‘ldirilishini yana bir bor qoralaymiz», - degan BMT vakili o‘z so‘zi davomida Jahon oziq - ovqat dasturi hisobotiga ko‘ra G‘azodagi har uch kishidan biri bir necha kundan beri ovqat yemagani, bu esa ko‘pchilikni ochlikdan o‘lish xavfi ostida qoldirayotganini ta’kidladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti yana bir bor Isroilni G‘azoga yordam yetkazib berilishi uchun barcha o‘tish joylarini ochishga chaqirdi.
Dyujarrik: «Isroil hukumati 4 oydan beri G‘azoga yoqilg‘i olib kirilishiga ruxsat bermayapdi. Yoqilg‘i esa G‘azoda hayot yo‘li hisoblanadi va Isroil hukumati uni kechiktirmay olib kirishiga ruxsat berishi kerak », - dedi.
Shuningdek, u, yoqilg‘i tanqisligi tufayli mintaqadagi internet butunlay o‘chib qolishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, yakshanba kuni rejalashtirilgan sakkizta insonparvarlik yordami vazifasidan faqatgina uchtasi Isroil hukumati tomonidan tasdiqlandi va bu holat yordam ko‘rsatish sa’y - harakatlarini keskin ravishda chekladi.
G‘azodagi Isroil genotsidlari
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda genotsid uyushtirmoqda.
Falastinliklar 57 500 nafardan ortiq inson o‘ldirganini qayd etdi. Eng yomoni ularning ko‘pchili ayollar va yosh bolalardan iborat.
Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, vayron bo‘lgan uylar ostida 11 000 nafarga yaqin falastinlik ko‘milib qolgani taxmin qilinmoqda.
Ammo, ekspertlarning fikricha, haqiqiy qurbonlar soni G‘azo hukumati xabar qilganidan ancha yuqori va 200 000 atrofida bo‘lishi mumkin.
Vashington, anchadan beri o‘zining ittifoqchisi Isroilga har yili 3,8 milliard dollar miqdorida harbiy mablag‘ ajratib kelmoqda.
2023 - yilning oktabr oyidan beri AQSh Isroilning G‘azodagi genotsidi va qo‘shni davlatlardagi urushlarni qo‘llab - quvvatlash uchun 22 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
AQShning yuqori martabali amaldorlari G‘azodagi tinch aholi qurbonlari sonining ko‘pligini tanqid qilishiga qaramay Vashington qurol - yaroq yetkazib berish ishlariga shartlar qo‘yish chaqiriqlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.