DUNYO
1 daqiqa o'qish
Suriya va nihoyat o‘rmon yong‘inlarini o‘chirdi
Suriyada yuz bergan va Latakiyaning 100 kvadrat kilometrlik maydonini o‘z ichiga olgan yong‘in, mintaqa qoshnilari yordami bilan va nihoyat o‘chirildi.
Suriya va nihoyat o‘rmon yong‘inlarini o‘chirdi
8 соат олдин

Harbiy bo‘lmagan mudofaa agentligi, Suriya g‘arbidagi Latakiya mintaqasida 10 kundan beri davom etgan yirik o‘rmon yong‘inlari nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi.

Mintaqadagi shiddatli issiq havo harorati yuzasidan boshlangan yong‘inlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik ishlari koordinatsiyasi ofisi (OCHA) ma’lumotlariga ko‘ra taxminan 100 kvadrat kilometrlik o‘rmon va qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qildi.

Harbiy bo‘lmagan mudofaa Facebook orqali bergan bayonotida yong‘inning yoyilishi to‘xtatilgani va yong‘in nuqtalari nazorat ostiga olinganini ifoda etdi. Guruhlar, kuygan hududlarni sovutish bilan birga qayta alanga olishning oldini olish maqsadida kuzatuv ishlarini olib bormoqda.

Yong‘inga qarshi kurashda suriyalik o‘t o‘chiruvchilar bilan birgalikda Turkiya, Iordaniya, Livan, Qatar va Iroqdan kelgan favqulodda vaziyatlar guruhlari ham ishtirok etdi.

Suriya Favqulodda vaziyatlar va ofatni boshqarish vaziri Raed al – Salih yong‘inning nazorat ostiga olinishini «o‘rmon yong‘inlarini to‘xtatish uchun eng muhim qadam» deb tariflar ekan, shamol takror alanga olish xavfini davom ettirayotganiga e’tiborni tortdi.

Qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi ammo Latakiyada bir necha qishloq ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilindi. Yong‘inning tarqalishini oldini olish uchun o‘rmon hududlarida yong‘in yo‘laklari tashkil etilmoqda.

Rasmiylar iqlim inqirozi ekstremal ob - havo hodisalari tahdidini kuchaytirgan bir paytda, mamlakatning yong‘inga qarshi kurash qobiliyati tanqidiy darajada zaiflashganini ta’kidladi.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us