TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Ukraina - Rossiya urushi faqatgina muloqot yo‘li orqali to‘xtashi mumkin
Prezidenti Erdo‘g‘an, Anqara boshidanoq Ukraina - Rossiya urushi muzokaralar yo‘li orqali hal qilinishi mumkinligini ta’kidlab kelganiga e’tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an: Ukraina - Rossiya urushi faqatgina muloqot yo‘li orqali to‘xtashi mumkin
3 сентябр 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an seshanba kuni bergan bayonotida, Xitoy Turkiyaning mintaqaviy ahamiyati va ta’siridan xabardor ekani va Anqara Pekin bilan bo‘lgan munosabatlarini yaxshilashga intilayotganini qayd etdi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etgan Prezident Erdo‘g‘an, Xitoyning Tyanzsin shahridan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi.

Unda yaqinda Alyaskada bo‘lib o‘tadigan AQSh va Rossiya liderlari sammitiga to‘xtalgan Erdo‘g‘an, bu muzokaralarning o‘rinli ekani va Ukraina - Rossiya urushining faqat tinchlik yo‘lidagi muloqot orqali to‘xtatilishi mumkinligini ifoda etdi.

Anqara boshidanoq Ukraina - Rossiya urushi muzokaralar yo‘li orqali hal qilinishi mumkinligini ta’kidlab kelganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, «Istanbuldagi muzokaralar bu yo‘lning ochiq ekanini isbotladi», - dedi.

Erdo‘g‘an, Rossiya - Ukraina tinchligi uchun umidlarning «yechimga yo‘naltirilgan yondashuv va aniq natijalarga» aylanishi kerakligini ta’kidlab, jarayonda yetakchi sifatida o‘rin olishning ahamiyatini esa alohida ta’kidladi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan so‘nggi kelishuvga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an, tinchlik Zangazur yo‘lagi orqali mintaqadagi quruqlik va temir yo‘l tarmoqlarini faollashtirishi, chegara darvozalarini ochishi va ko‘plab sohalarga, ayniqsa savdoga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us