Kosmosga uchish global inqiroz paytida qanday qilib namoyishga aylandi?
Kosmosga uchish global inqiroz paytida qanday qilib namoyishga aylandi?
Butunlay ayollardan iborat bo‘lgan va mashhur shaxslarni o‘z ichiga olgan guruh, ayollar kuchiga hech qanday kuch qo‘shgani yo‘q. Aksincha, millionlab ayolni masxara qildi.
16 апрел 2025

Butunlay ayollardan iborat bo‘lgan va mashhur shaxslarni o‘z ichiga olgan guruh, ayollar kuchiga hech qanday kuch qo‘shgani yo‘q. Aksincha, urushning qoq markazida qolgan yoki patriarxal jamiyatlar ichida chora qidirgan millionlab ayolni masxara qildi.

Keti Perri kabi mashhur yulduzlar ham ishtirok etgan va butunlay ayollardan iborat bo‘lgan bir guruh, 11 daqiqadek qisqa muddatda kosmosga borib qaytdi. Ular qaytganida mazkur voqea ilm - fan va kashfiyot sohasida «ayollarni qo‘llab - quvvatlash» maqsadida uyushtirilgan tarixiy qadam sifatida e’tirof etildi.

Ammo to‘g‘risini aytganda bu bir taraqqiyot emas, balki tomosha desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, dunyo olov bo‘lib yonayotgan bir paytda, milliarderlar kosmonavtlik o‘yini o‘ynamoqda.

Xo‘sh, oxirgi, ayollar kuchiga kuch qo‘shish degan fikir yoki fikirlarga kimlar qo‘shiladi?

Guruhdagilarning ko‘pchiligi na kosmonavt, na tadqiqotchi, na kosmik mutaxassisdir.

Ular ko‘proq ilm - fanga salmoqli hissa qo‘shgani uchun emas, balki obunachilari soni bilan tanlangan mashhurlar va ultra boy - badavlat insonlardir. Vazifa, o‘zining asosiy maqsadiga qaraganda ko‘proq reklama kampaniyasidek aks ettirildi va «ayollar kuchiga kuch qovshish» mavzusi bilan qo‘llab - quvvatlanib, marketing strategiyasining bir qismiga aylantirildi.

Yerning tortish kuchi bo‘lmagan muhitda qadah ko‘targan manzaralarga e’tibor qaratilgan bir dunyoda ayollar gapirish, qaror qabul qilish va erkin umr surish huquqini qo‘ldan boy bermoqda.

Bunga misol sifatida ayollarning ta’lim olish huquqini hisobga olmagan Afg‘oniston bilan Falastinni qo‘llab - quvvatlagani uchun ko‘chaning o‘rtasida bemalol nazorat ostiga olingan Rumeysa O‘zturk kabi mustaqil ovozlarni o‘chirmoqchi bo‘lgan AQShni aytish mumkin.

Bu holat, jamiyat taraqqiyoti nomi ostida taqdim etilgan ammo aslida elita manfaatlariga xizmat qiluvchi sun’iy bir tomoshadan iborat, xolos. Insonlardan qoyil qolishlari, ilhom olishlari kutilmoqda; ammo haqiqatda bu – kundalik hayotimizga chuqur singib ketgan adolatsizlik, tengsizlik va korrupsiyani yashirishga qaratilgan oddiygina jamoatchilik bilan aloqador strategiyadan boshqa narsa emasdir.

Kimlarnidir masxara qilishdan boshqa narsa emasdir

Bularning hammasi butun dunyoda yashash sharoiti qiyinlashib borayotgan bir paytda yuz berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida amerikaliklarning deyarli yarmi oylikdan oylikka kun kechirmoqda. Buyuk Britaniya va Yevropada millionlab inson isinish, uy - joy qilish va asosiy oziq - ovqat xarajatlarini qoplashda qiynalmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 700 million nafardan ortiq inson kuniga 2,15 dollardan kam mablag‘ bilan yashamoqda.

Elitalar orbitada uchib yurgan bir paytda millionlab inson urush, qashshoqlik va o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lishdek og‘ir sharoit ostida ezilmoqda.

Bunga misol sifatida Sudanni aytishimiz mumkin. BMT yaqindagina, dunyoning eng yirik o‘z uy - joyidan mahrum qilinish inqiroziga chora ko‘rish maqsadida 6 milliard dollarlik gumanitar yordam zarurligini ta’kidladi. Bugungacha uning atigi 10 foizdan ham kami yig‘ildi. 25 million nafardan ortiq inson – aholining yarmi – gumanitar yordamga muhtoj. Eng yomoni, o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lganlar jon saqlagan lagerlarda har ikki soatda bir nafar yosh bola hayotdan ko‘z yummoqda.

G‘azoda esa 2023 - yilning oktabr oyidan beri 10 ming nafardan ortiq ayol halok bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil sulhni buzganidan beri havo hujumlari yuzasidan har kuni 100 nafar yosh bola halok bo‘layotgani haqida ma’lumot bo‘lishdi. Eng yomoni, Isroil hujumlaridan eng ko‘p homilador ayollar bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ziyon ko‘rmoqda.

Mart oyida chop etilgan BMTning 49 sahifalik hisobotida G‘azodagi tug‘ruqxonalar, sog‘liqni saqlash muassasalari va IVF klinikasi nishonga olingani qayd etilgan. Unda oziq - ovqat va tibbiy ashyolar ham cheklangani aniqlanar ekan, ularning G‘azodagi falastinliklarning farzand ko‘rish xususiyatlariga qisman ziyon yetkazgani ifoda etilmoqda.

Shunga qaramay kosmosda uchib yurgan mashhurlarga qoyil qolishimiz kerak, a?

Dunyo bo‘ylab gumanitar ehtiyojlar avj olmoqda. BMT faqatgina insonlarni qutqara olish uchun 2024 - yili inqirozlarga qarshi kurasha olish uchun 47 milliard dollar mablag‘ talab qildi.

Ammo bu mablag‘ning yarmi ham yig‘ilmadi. Mablag‘larning qisqarishi sababli G‘azo, Gaiti, Yaman, Kongo va Afg‘onistondagi insonlar oziq - ovqat, tibbiy yordam va travma xizmatlaridan chetlatilmoqda.

Shunday bir paytda milliarderlar kashfiyotchilik o‘ynar ekan, mashhurlarning kameralarga qarab tabassum qilishi shunchaki o‘rinsizdir, va hatto haqoratdir.

Bir hovuch inson alohida dizayn qilingan kiyim- kechagi bilan kosmosda sayohat qilar ekan, dunyo aholisning yarmidan ko‘pi - 4.5 milliard inson - eng asosiy tibbiy xizmatlardan mahrumlar.

Boylar uchun uyushtirilgan sayohat

Bundan tashqari, dunyodagi milliarderlаr boyligida oldingi yilga nisbatan uch barobarga jadal tusda va kuniga taxminan 5,7 milliard dollar o‘sish qayd etdi. Bunga ko‘ra milliarderlarning boyligi o‘tgan 2024 - yili 2 trillion dollarga ko‘paydi.

Blue Origin uchishining narxi jamoatchilikka e’lon qilinmadi ammo internet saytida navbatdagi uchish uchun o‘rindiq bron qilmoqchi bo‘lganlardan 150.000 dollar depozit talab qilingani aytilmoqda.

Blue Originning kosmik uchishlari yoki parvozlari uchun ajratilgan chiptalar qay darajada qimmat bo‘lishi mumkinligi, sotilgan birinchi chipta narxi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi. Kompaniyaning ilk o‘rindig‘i dunyoning 159 mamlakatidan 7 600 kishi ishtirok etgan auksion natijasida 28 million dollarga sotildi. Bu esa bunday kosmik sayohatlar faqatgina nihoyatda boy shaxslar uchun mo‘ljallangan ekani va chiptalar narxi millionlab dollarga yetishi mumkinligidan dalolat bermoqda.

Bu hashamatli kosmik turizm tashabbusi, dunyoda millionlab inson oddiy ehtiyojlarini ham qondira olmayotgan bir paytda, katta befarqlikning yorqin misoli sifatida namoyon bo‘lmoqda. Insoniyat ocharchilik, urush, qashshoqlik kabi muammolar bilan kurashayotgan bir vaqtda, bunday dabdabali xarajatlar jamiyatning asl muammolaridan naqadar uzoqlashganidan xabar bermoqda.

Agar haqiqatdan ham ayollar huquqini himoya qilishni istasak va bunga alohida e’tibor qaratmoqchi bo‘lsak unda G‘azoda tug‘ruqxonalar, Sudanda esa qiz bolalarga atalgan maktablar qurish uchun mablag‘ ajrataylik.

Va bu shunchaki pessimizm emas, bu bir ko‘z qarash masalasidir

Agar haqiqiy taraqqiyotni nishonlamoqchi bo‘lsak, unda, katta boylarga mo‘ljallangan bu dabdabali loyihalarni ulug‘lashni bir chetga qo‘yib; dunyoning yirik qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan aniq yoki konkret inqirozlarga e’tibor qaratishimiz shart.

Bu kosmik namoyishlar, kashfiyot chegaralarini kengaytirish bilan emas; balki dunyoda tengsizlik, adolatsizlik va azob hukm surayotgan bir paytda diqqatni chalg‘itish bilan bog‘liqdir.

E‘tiborimizni namoyishlarga emas, haqiqiy yechimlarga qaratmas ekanmiz; dunyo olov bo‘lib yonib turgan bir paytda, bir joyda aylanishda davom etamiz.

Agar faqatgina boylar orzu qila olsalar, unda biz nimani olqishlayapmiz yoki qanday taraqqiyotni ulug‘layapmiz?

 

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us