SIYOSAT
3 daqiqa o'qish
Rutte Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda
Mark Rutte Ukraina G‘arb davlatlaridan xalfsizlik kafolatlari olishi kerakligi, Rossiyaning esa bunga aralashishga haqqi yo‘qligini qayd etdi.
Rutte Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda
4 сентябр 2025

NATO Bosh kotibi Mark Rutte payshanba kuni bergan bayonotida, Moskva garblik qoshinlarning Ukrainaga joylashtirilib - joylashtirilmasligi haqida qaror qabul qilish huquqiga ega emasligi va Kiyev mustaqilligini hurmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) Praga Mudofaa sammitida nutq so‘zlagan Rutte mavzu haqida: «Rossiyaning Ukrainadagi qo‘shinlar haqidagi fikriga nima uchun qiziqishimiz kerak? Ukraina mustaqil davlatdir. Bu masalada qaror qabul qilish huquqi ularga oid, boshqasiga emas», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rutte shuningdek, «Ukraina mustaqil davlatdir. Agar Ukraina tinchlik kelishuvini qo‘llab - quvvatlash uchun xavfsizlik kafolat kuchlari joylashtirilishini xohlasa, bu ularning qaroridir. Boshqalari bu borada qaror qabul qila olmaydi. Biz (Rossiya Davlat rahbari Vladimir) Putinni haddan tashqari kuchli qilib ko‘rsatishni to‘xtatishimiz kerak», - dedi.

Tahdid urush tugashi bilan yakunlanmaydi

Rutte Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan urushini hozirgi kundagi xavfsizlik tahdidlarining eng yaqqol misoli sifatida ta’rifladi ammo bu muammo urush bilan tugamasligi ustidan ogohlantirdi.

Mavzu haqida: «Tahdid bu urush tugashi bilan yakunlanmaydi. Xavf faqat Rossiya bilan cheklanib qolmagan. Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya alohida va o‘zaro hamkorlik natijasida tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Mudofaa sanoati sohasi hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirmoqda. Uzoq muddatli qarama - qarshilikka tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Shunday ekan, biz ham tayyor bo‘lishimiz zarur» - dedi.

Rutte Yevro - Atlantika va Hind - Tinch okeani xavfsizlik maydonlari o‘rtasida o‘sib borayotgan aloqalarga e’tibor qaratib Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkorlikni ta’kidladi.

Bu haqida esa: «Agar Xitoy bir kun kelib Tayvanga qarshi hujum uyushtirish haqida qaror qabul qilgudek bo‘lsa, unda bu faqat o‘sha hujum bilan cheklanib qolmaydi. Nega (Xitoy Prezidenti) Si Szinpin o‘zining kichik hamkori Vladimir Putinga murojaat qilib bizni Yevropada, Shimoliy Atlantika hududida band qilib qo‘ymasin?» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Faqatgina pul orqali xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi

NATO Bosh kotibi, xavfsizlikni faqatgina pul orqali ta’minlab bo‘lmasligini ifoda etgan holda ittifoq bo‘ylab mudofaa sanoati sa’y - harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi. Shuningdek: «Faqatgina pul orqali xavfsizlikni ta’minlab bolmaydi. Bizga haqiqiy qudrat, og‘ir texnika va yangi texnologiyalar kerak va bu Yevropada, AQShda, umuman ittifoq davlatlarida mudofaa sanoati tomonidan har doimgidan ham tezroq yetkazib berilishi kerak bo‘lgan narsalardir... Biz yetarlicha ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirayotgan yo‘qmiz», - dedi.

Rutte, Rossiya yaqin tarixga qadar Teksas shtatidan ham kichik iqtisodiy kuchga ega bo‘lishiga qaramay barcha NATO a’zolaridan ham ko‘proq o‘q - dorilar ishlab chiqarganini yodga solar ekan, Yevropa hozirda ishlab chiqarishni orttirayotganini ta’kidladi.

Rutte, AQShning ittifoq ichidagi yetakchiligini ayniqsa Prezident Donald Tramp davrida a’lo darajada ekanini ifoda etgan holda bu ittifoqchilarning mudofaa xarajatlarini oshirish majburiyatlarini bajarishga undaganini qayd etdi.

«Trampsiz hech qachon bunday bo‘lmas edi», - degan Rutte Italiya, Kanada, Ispaniya va Belgiya kabi ittifoqchilar iyun oyida Gaaga sammitida mudofaa xarajatlarini 5 foizga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olganini ham ta’kidladi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us